W.I.N.G.S dasturining pilot bosqichi olib borilmoqda

 W.I.N.G.S dasturining pilot bosqichi olib borilmoqda

2026-yil 24-apreldan boshlab O‘zbekistonda zo‘ravonlikka duch kelgan ayollarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan W.I.N.G.S intervensiya dasturining pilot bosqichi yo‘lga qo‘yildi. Dastur Andijon, Navoiy, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlari hamda “Ona uyi” NNT bazasida amalga oshirilmoqda.

Mazkur dastur pilot hududlar uchun asosan “vioihma” platformasining veb-versiyasi orqali olib borilayotgani yordam ko‘rsatish jarayonini standartlashtirish, monitoringni kuchaytirish va ishtirokchilarning maxfiyligini ta’minlash imkonini bermoqda.
Pilot bosqich doirasida:
monitoring va baholash shakllari ishlab chiqildi;
28 nafar fasilitator ishtirokida 6 ta onlayn trening tashkil etildi;
dasturdan o'tish uchun taklif qilish standarti ishlab chiqildi;
fasilitatorlar uchun har hafta superviziyalar o'tkazilmoqda;
dasturdan xizmat olgan ayollarning muntazam fikr-mulohazalarini yig‘ish tizimi joriy etildi.

Dastur doirasida xizmat olgan ayollardan olingan fikr-mulohazalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, mazkur intervensiya ayollarga boshdan kechirgan zo‘ravonlik holatlari haqida ilk bor ochiq va erkin fikr bildirish imkoniyatini yaratmoqda. Jarayon davomida ayollar mavjud himoya mexanizmlari va qo‘llab-quvvatlash xizmatlari haqida muhim bilimlarga ega bo‘lib, o‘z vaziyatini chuqurroq tahlil qilish hamda anglash ko‘nikmalarini shakllantirmoqda.