Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi
O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-iyundagi 350-sonli qaroriga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Kolumbiya universiteti (AQSh) Ijtimoiy ish maktabi hamda UNICEF hamkorligida «Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi» tashkil etildi.
Markaz ijtimoiy himoya sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek, mazkur jarayonda Agentlik tizimidagi muassasalarga ilmiy-metodologik ko‘maklashadigan muassasa hisoblanadi.



Tashkilot faoliyati haqida
Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi ijtimoiy himoya va ruhiy salomatlik sohasida ilmiy tadqiqotlar, ta’lim va amaliy tashabbuslarni rivojlantirishga ixtisoslashgan muhim Markaz hisoblanadi. Markaz faoliyatining asosiy maqsadi aholining, ayniqsa bolalar va ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhlarning farovonligini oshirishga xizmat qiladigan ilmiy asoslangan va samarali yechimlarni ishlab chiqishdan iborat.
Markaz doirasida ijtimoiy ish va ijtimoiy himoya sohasida ilmiy tadqiqotlar olib boriladi, dalillarga asoslangan siyosiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi hamda xalqaro standartlarga mos akademik tizim shakllantiriladi. Shu bilan birga, amaliy dasturlar orqali jamiyat va hamjamiyatlar darajasida barqaror ijtimoiy o‘zgarishlarga erishish maqsad qilingan. llab-quvvatlovchi alohida bo‘linma tashkil etilgan.
Markaz ijtimoiy himoya va ruhiy salomatlik sohasida ilmiy izlanishlar, ta’lim, innovatsiya va amaliy faoliyatni uyg‘unlashtirgan milliy markaz sifatida faoliyat yuritib, xalqaro hamkorlar bilan yaqin hamkorlikda inklyuziv, barqaror va farovon jamiyatni rivojlantirishga hissa qo‘shadi.