Nyu-York shahrida faoliyat yurituvchi “The New York Center for Children” nodavlat notijorat tashkilot bolalar zo‘ravonligi bilan bog‘liq holatlarda yordam ko‘rsatishga ixtisoslashgan markaz bo‘lib, 3 yoshdan 22 yoshgacha bo‘lgan bolalar va yoshlar uchun jarohatga asoslangan terapiya xizmatlarini bepul taqdim etadi.
Asosiy faoliyat yo‘nalishlari:
- Jarohatga asoslangan terapiya (TFCBT):
- Jismoniy, jinsiy, emotsional zo‘ravonlik, g’amxo’rlik ko’rsatmaslik yoki oilaviy zo‘ravonlikni boshdan kechirgan bolalar uchun haftalik terapiya mashg‘ulotlari. Kichik yoshdagilar bilan — o‘yin terapiyasi, katta yoshdagilar bilan — TFCBT asosida ishlanadi.
- Oila bilan ishlash: Markaz “non-offending caregivers” — ya’ni bolaga zarar yetkazmagan ota-ona yoki vasiylar bilan ham ishlaydi. Zarur holatlarda shuningdek, zo’ravonlikka uchragan aka-uka va opa-singillari uchun ham individual terapiya tashkil etiladi.
- Ta’limiy yordam: Zo‘ravonlik oqibatida ta’limdan orqada qolgan bolalarga maktab darslarini o‘zlashtirishda qo‘shimcha ko‘mak beriladi.
- Mutaxassislar jamoasi: Markazda tajribali psixolog va to‘rt nafar to‘liq stavkali ijtimoiy xodim shuningdek, pediatr-medikal direktor faoliyat yuritadi. Zarur vaziyatlarda psixiatr-konsultant ham jalb etiladi.
- Referral xizmati: Zarur bo‘lganda bolalar boshqa idora va muassasalarga – tibbiy xizmat, maxsus ta’lim, huquqiy yordam yoki ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash uchun yo‘naltiriladi.
- Moliyalashtirish: Markaz xayriya fondlari, jismoniy shaxslar, korporatsiyalar va qisman hukumat mablag‘lari hisobidan faoliyat yuritadi. Davlat ulushi umumiy byudjetning 10% dan kamini tashkil etadi.
- Sifatni nazorat qilish: Har bir bola uchun dastlabki 3–4 sessiyadan keyin individual davolash rejasi ishlab chiqiladi va har uch oyda yangilanadi. Ota-onalar bilan kelishuv majburiy. Doimiy ichki nazorat, klinik yig‘ilishlar va mutaxassislar o‘zaro superviziya tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
- Maxfiylik va maktab bilan hamkorlik: Ota-ona ruxsati bilan maktab bilan aloqa o‘rnatilib, bolaga kerakli xizmatlar (special education va boshqalar) bo‘yicha advokasiya qilinadi.
Markaz faqat zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan bolalar bilan ishlaydi. Zo‘ravonlik sodir etgan shaxslar bilan ishlamaydi, lekin ularni boshqa tegishli xizmatlarga yo‘naltiradi. Barcha xizmatlar bepul va bolaga qancha vaqt kerak bo‘lsa, shuncha davom etadi.






