Xalqaro volontyorlar kuni!

5-dekabr BMT tomonidan 1985-yilda joriy etilgan bo‘lib, jamiyatga bepul xizmat ko‘rsatib, yordam berayotgan barcha volontyorlar faoliyatini e’tirof etishga bag‘ishlanadi.

Volontyor kim?
Volontyor — bu jamiyatdagi ijtimoiy muammolarga befarq bo‘lmagan, aholining turli qatlamlariga ko‘mak berishni o‘zining fuqarolik burchi deb biladigan insondir. U o‘z vaqti, bilim va tajribasini hech qanday moddiy manfaat kutmasdan, ijtimoiy farovonlikni oshirish, ehtiyojmandlarga ko‘mak berish va hamjamiyatda ijobiy o‘zgarishlar yaratishga bag‘ishlaydi.

Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi qoshida faoliyat yuritayotgan ikki volontyorlar guruhi ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan tashabbuslarning samaradorligini oshirishda muhim o‘rin egallamoqda. Ushbu kun munosabati bilan barcha ko‘ngillilarni, shuningdek, “Xavfsiz bolalik” hamda “Kambag‘allik siklini to‘xtatamiz” qo‘llab-quvvatlash guruhlari volontyorlarini “Xalqaro volontyorlar kuni” bilan chin dildan tabriklaymiz.

Bayramingiz muborak!
Ijtimoiy farovonlik yo‘lidagi fidokorona faoliyatingiz davomli bo‘lsin.

wpChatIcon
wpChatIcon