3-dekabr — Nogironligi bo‘lgan shaxslar kuni

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, bugun dunyo bo‘ylab 1 milliarddan ortiq nogironligi bo‘lgan insonlar bor — bu har 6 kishidan biri demakdir. Ularning 80 foizi rivojlanayotgan davlatlarda yashaydi, 50 foizdan ortig‘i esa ta’lim, sog‘liqni saqlash, bandlik va infratuzilma xizmatlaridan foydalanishda tizimli to‘siqlarga duch keladi.

O‘zbekistonda ham jamoaviy qo‘llab-quvvatlash, inklyuziv ta’lim, ijtimoiy himoya choralari kengayib bormoqda. Turli xil kompleks xizmat ko‘rsatuvchi kunduzgi markazlarning tashkil etilishi, nogironlik belgilanishida yangi yondoshuvlar, malakali mutaxassislarni tayyorlash, adaptiv sportni rivojlantirish, inklyuziv ish o‘rinlarini yaratish hamda nogironligi bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va inklyuziv ta’limni joriy etishda jadal qadamlar qo‘yilmoqda.

“Barcha insonlar ular qanday turli xilliklarga ega bo‘lmasin, hamma teng huquqli ekanligini, hech kim kamsitilishga yo‘l qo‘yilmasligini, har bir inson o‘z hayotida aktiv ishtirok etishi, qaror qabul qilishi va davlatda hamma uchun imkoniyatlar teng bo‘lishi lozim.”
BMТning “Nogironligi bo‘lgan insonlarning huquqlari” Konvensiyasi

Bugun biz faqatgina raqamlar haqida emas, balki jamiyatning har bir a’zosi uchun munosib hayot darajasini yaratish borasidagi mas’uliyat haqida o‘ylaymiz. Inklyuziya — bu ijtimoiy siyosat emas, balki madaniyat. Har bir qulay zinapoya, moslashtirilgan xizmat, hurmat va e’tibor esa haqiqiy o‘zgarishning o‘lchovidir.

wpChatIcon
wpChatIcon