Mintaqaviy muhokama: Suriya va Iroqdan qaytgan bolalar va oilalarni reintegratsiyasi

Joriy yilning 29–30-sentabr kunlari Qirg‘iziston Respublikasining Bishkek shahrida Qirg‘iziston Respublikasi Mehnat, ijtimoiy himoya va migratsiya vazirligi, UNICEF va Yevropa Ittifoqi hamkorligida “Suriya va Iroqdan qaytgan bolalar va ularning oilalarini jamiyatga reintegratsiyasi” mavzusida mintaqaviy muhokama o‘tkazildi.

Uchrashuvdan asosiy maqsad — Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston mamlakatlari o’rtasida o’zaro tajriba almashish va ilg‘or yondashuvlar orqali o‘zaro o‘rganishni rivojlantirish hamda hukumatlar va xalqaro hamkorlar o‘rtasidagi muloqot va hamkorlikni mustahkamlash bo’lib unda Ijtimoiy himoya milliy agentligi, UNICEF, Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi, Ijtimoiy xodimlarning malakasini oshirish markazi vakillari ham o’z tajribalari bilan o’rtoqlashdilar.

Ta’kidlash joizki, muhokama davomida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston davlatlari tomonidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etilganligi va bugungi kunda ijtimoiy xizmatlar rivojlanib borayotganligi, keys-menejment amaliyoti avtomatlashtirilganligi, ijtimoiy xodimlarning mahalladagi faoliyati va superviziyaning tizimlashtirilayotganligiga katta qiziqish bildirdilar.


“O’zbekistonda ijtimoiy ishning mahalla darajasida tizimlashtirilganligi namunali tajribadir ” –
UNICEFning Yevropa va Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy byurosining bolalarni himoya qilish boʻyicha maslahatchisi Aaron GRINBERG.

Muhokamada mojaro hududlardan qaytgan bolalar va ularning oilalarini psixosotsial qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy xizmatlar salohiyatini kuchaytirish, reintegratsiya jarayonida uchrayotgan muammolar va yangi ustuvorliklarni aniqlash, xalqaro hamkorlar bilan kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilash bo’yicha muhokamalar olib borildi.

wpChatIcon
wpChatIcon