2025-yil 23-sentabrda bo’lib o’tgan akademik va ilmiy hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish, shuningdek, ijtimoiy ish sohasida kadrlar tayyorlash va xalqaro standartlarga mos ta’lim dasturlarini ishlab chiqishda tajriba almashish maqsadida Markaz xodimlari, Kolumbiya universitetining ijtimoiy ish maktabi hamda Qozog‘iston Respublikasi Narxoz universitetining Gumanitar fanlar maktabi vakillari bilan onlayn uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida xalqaro standartlar va mahalliy tajribani uyg‘unlashtirish, mahalla institutini ilmiy o‘rganish istiqbollari, ijtimoiy ish kadrlarini tayyorlashdagi tajribalar, shuningdek, dual ta’lim bo’yicha muhokamalar olib borildi.
Natijada, tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikka yuqori qiziqish bildirdi. Narxoz universitetining Gumanitar fanlar maktabi ta’lim dasturlarini modernizatsiya qilish va dual ta’lim bo‘yicha tajribasi bilan o‘rtoqlashishga tayyor ekanini ta’kidladi. Markaz esa xalqaro standartlar va mahalla darajasidagi ijtimoiy ish tadqiqotlarini rivojlantirish borasida o‘z tajribasini ulashishga tayyorligini bildirdi.



