NNTlar ehtiyojlari muhokamada..

Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi vakillari Markazning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo’lgan ehtiyojlarni baholash (Needs Assessment) doirasida nodavlat notijorat tashkilotlar (NNT) rahbarlari ishtirokidagi davra suhbatida qatnashishdi.

Uchrashuv davomida 84 nafar NNT vakillari tomonidan ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar, ularning aholi bilan ishlashdagi tajribalari, shuningdek, davlat tashkilotlari bilan hamkorlikdagi dolzarb ehtiyojlar va muammolari o’rganildi.

wpChatIcon
wpChatIcon