Ushbu hujjat — bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish bo‘yicha “Bogotá Call to Action” deb nomlangan konferensiyaning siyosiy yakuniy shartnomasi hisoblanadi.
2024-yil noyabr oyida Kolumbiyaning Bogota shahrida bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha I Butunjahon konferensiyasi o’tkazilgan. Unda 100 dan ortiq davlatlar va ko‘plab xalqaro tashkilotlar ishtirok etib, muhim hujjat — “Bogota harakatlar chaqirig‘i”ni (Bogotá Call to Action) qabul qildilar.
Hujjatning sosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
Zo‘ravonlikni taqiqlovchi qonunlarni kuchaytirish;
Bolalarni himoya qilish tizimlariga investitsiya kiritish;
Oilalarni qo‘llab-quvvatlash va oldini olish choralarini rivojlantirish;
Bolalarning qaror qabul qilishda ishtirokini ta’minlash;
Maktablar va internetda xavfsiz muhit yaratish;
Taraqqiyot monitoringi uchun ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish.
Eslatib o’tamiz, 9-aprel kuni O‘zbekiston rasmiy ravishda Bogota Chaqirig‘iga sodiqligini tasdiqladi. ttps: Qo‘rqmas bolalik — bu orzu emas, bu har bir bolaga yarasha haqiqat bo‘lishi kerak.
