Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi hamda Kolumbiya universitetining ijtimoiy ish maktabi mutaxassislari ishtirokida Qoraqalpog‘iston Respublikasida ehtiyojlarni baholash (Needs Assessment) bo‘yicha amaliy tashriflar davom etmoqda.
Avvalroq Nukus shahridagi bir qator ijtimoiy muassasalarga tashriflar amalga oshirilgan bo‘lsa, bugungi manzil — Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti bo‘ldi.
Tashrif davomida Ijtimoiy ish ta’limi bo’yicha o’rganish ishlarini amalga oshirishdi. Maqsad – ijtimoiy ish ta’lim dasturlarining xalqaro standartlarga muvofiqligini dastlabki baholash, shuningdek, o‘quv rejalar, o‘qitish metodlarini o‘rganishdan iboratdir.


