Oʻzbekiston Respublikasining “Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni joriy yilning 15-may kunidan boshlab kuchga kirdi.

Mazkur qonun asosida va uning ijrosini ta’minlash maqsadida hozirgi kunda Markaz tomonidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Ijtimoiy himoya tizimidagi xodimlar malakasini oshirish markazi va UNICEF hamkorligida o’tkazilayotgan treningda zo‘ravonlikdan aziyat chekkan bolalarga zo’ravonlik xavfi bo’lgan bolalarga psixoijtimoiy yordamlar ko’rsatish, jumladan ulardagi depressiya holatlari, bolalikdagi jarohatlar va suisidal holatlarni oldini oldish va shunday holatlarda ularga to’g’ridan to’g’ri psixoijtimoiy yordamlar ko’rsatish bo’yicha xalqaro standartlarga muvofiq isbotlangan amaliyot asosida bilim va ko’nikmalar berilmoqda.

5 kunlik intensiv o‘quv kursidan quyidagi mavzular joy olgan:
O‘smirlik davrining o‘ziga xos xususiyatlari. O‘smir holatini baholashning biopsixoijtimoiy modeli;
O‘smirlarning mental salomatligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlash. Hissiy va xulq-atvor muammolariga ega bo‘lgan bolalar bilan ishlash usullari;
O‘smirlar orasida o‘z joniga qasd qilish xatti-harakatlarining oldini olish bo‘yicha ishlash;
Psixoaktiv moddalarni iste’mol qiluvchi xavf guruhiga mansub bolalar va o‘smirlar bilan ishlash;
Xavf ostidagi bolalar bilan ishlashda jarohatga asoslangan yondashuv. Stress va ruhiy jarohatlar bilan ishlash bo‘yicha xizmatlar va aralashuvlar.

Eslatib o’tamiz, treningda 14 ta hudud “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining bosh ijtimoiy xodimlari, supervayzerlari, psixologlari va mahallalardagi ijtimoiy xodimlar, shuningdek, IIV tasarrufidagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko’rsatish markazlari ijtimoiy xodimlari va psixologlari, voyaga yetmaganlar bo’yicha inspektor-psixologlar ishtirok etishmoqda. (100ga yaqin ishtirokchi)

wpChatIcon
wpChatIcon