Ijtimoiy inklyuziya bo‘yicha Shvetsiya tajribasi O‘zbekistonda

Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi vakillari Shvetsiyaning MISA tashkiloti bilan uchrashishdi. Uchrashuvda tashkilot asoschisi, nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash bo’yicha katta tajribaga ega bo‘lgan Lennart Yonsson ishtirok etdi.

1994 yilda tashkil etilgan MISA – alohida ehtiyojga ega bo’lgan shaxslarning bandligini ta’minlash, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy hayotga faol integratsiya qilishga ixtisoslashgan yetakchi tashkilotlardan biridir.

Uchrashuv davomida nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan ishlovchi ijtimoiy xodimlarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish va hamrohlik xizmatlarini joriy etish bo‘yicha xalqaro tajriba almashilindi. Tomonlar o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab oldilar va kelgusida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qildilar.

Mazkur muloqot ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash hamda imkoniyati cheklangan fuqarolarning huquq va manfaatlarini ilgari surishda muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

wpChatIcon
wpChatIcon